Yangiliklar

📚 TA’LIM SIFATI — DOIMIY E’TIBORDA

🟢 XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMAN KENGASHI

📚 TA’LIM SIFATI — DOIMIY E’TIBORDA

Xalq deputatlari Uchquduq tumani Kengashi deputati B. Kuzenbayev hamda tuman Kengashi kotibiyat mudiri tomonidan "Mingbuloq" ovulida joylashgan 11-sonli umumta’lim maktabida “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

🔍 O‘rganish davomida maktabdagi mavjud sharoitlar, ta’lim sifati va o‘quv jarayonining tashkil etilishi atroflicha tahlil qilindi.

📊 Hozirgi kunda mazkur ta’lim muassasasida:

66 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda,

ularga 16 nafar oliy ma’lumotli o‘qituvchi tomonidan ta’lim berilmoqda.

🗣 O‘rganish jarayonida o‘qituvchilar hamda o‘quvchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning fikr-mulohazalari tinglandi.

✅ Ta’lim sifatini yanada oshirish, aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

🔄 Mazkur yo‘nalish deputatlar tomonidan doimiy nazoratga olingan.

Slide 1 of 1