Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan “Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovining Toshkent shahridagi tuman bosqichi doirasida ko‘rik-tanlov g‘olibi bo‘lgan Diyorbek Ahmedovning “Dbaby” loyihasi o‘rganilmoqda.
Mazkur loyiha chaqaloqlarning yig‘i ovozini tahlil qilish orqali ularning sog‘lig‘idagi muammolarni erta aniqlashga qaratilgan innovatsion tashabbus hisoblanadi. Ushbu yondashuv kasalliklarni tezkor aniqlash, o‘z vaqtida chora ko‘rish hamda tibbiy xizmat samaradorligini oshirishda muhim аhamiyat kasb etadi.
“Dbaby” loyihasi ilm-fan, texnologiya va tibbiyot yo‘nalishlarini o‘zida mujassam etgan holda, yoshlarning innovatsion fikrlashi va amaliy yechimlar yaratish salohiyatini yaqqol namoyon etmoqda.