Yangiliklar

Po‘latchi mahallasi aholisini ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha muhim taklif ilgari surildi

🔹 Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri B.Oblanov hamda 11-Po‘latchi saylov okrugidan tuman Kengashi deputati D.Xushvaqtov tegishli mas’ullar bilan birgalikda Po‘latchi mahallasi aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha loyihani ilgari surdi.

📌 Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘lari hisobidan, davlat ijtimoiy buyurtmasi asosida amalga oshirish uchun Parlament komissiyasiga taklif sifatida taqdim etildi.

👥 Loyiha amalga oshirilgan taqdirda, Po‘latchi mahallasida istiqomat qilayotgan minglab aholi markazlashgan ichimlik suvi tarmog‘iga ulanadi.

✅ Bu esa hudud aholisining turmush darajasini oshirish hamda qulay yashash sharoitlarini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 2