Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi raisi Z.Suyarova, tuman Kengashi deputati G.Xusanova hamda Girdiqo‘rg‘on mahallasi “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda mahallada istiqomat qiluvchi xotin-qizlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
🔹Mazkur uchrashuvda xotin-qizlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi. Suhbat davomida ayollarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📍Shuningdek, Kengash raisi Z.Suyarova tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentyabrda qabul qilingan “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-562-sonli Qonuni mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi.