35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#infografika
янв.21
QONUN TARG‘IBOTI AMALDA
янв.21
Ko‘p qavatli uylar hududi o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati joyida o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari asosida ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatilmoqda
янв.21
QONUN IJROSI VA MAZMUN-MOHIYATI BO‘YICHA TUSHUNTIRISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
MAHALLADA "YETTILIK" FAOLIYATI JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR HUDUDI O‘RGANILDI
янв.21
#infografika
янв.21
Xalq deputatlari Mirzaobod tumani Kengashi raisi M.Movlanov, Kengash kotibiyati mudiri H.Amanbayeva tomonidan "Yangi hayot" mahallasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash jarayonlari joyiga chiqib o‘rganildi.
Oila – jamiyatning eng muhim bo‘g‘ini.

Ajrim yoqasida turgan oilalar "Adolat" SDP deputatlari tomonidan yarashtirildi

Jamiyat taraqqiyotining asosiy tayanchi bo‘lgan oila institutini mustahkamlash bugungi kunda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. 

Shu maqsadda "Adolat" SDP deputatlari Kattaqoʻrgʻon tumani xotin qizlar boʻlimining yarashtirish komissiyasi bilan birgalikda ajrim yoqasida turgan 2  oilani ajrimini koʻrib chiqdilar. 

Suhbat davomida deputatlar oilaviy kelishmovchiliklar sabablari va ularni bartaraf etish yo‘llarini muhokama qildilar.

Deputatlar o‘z fikrlarini bildirishdi va har ikki tomonning manfaatlarini hisobga olgan holda yechim topishga harakat qilishdi va oilalar uchun zarur maslahatlar berib, ularning yarashishiga ko‘maklashdilar.

Oila – jamiyatning eng muhim bo‘g‘ini. Ajrim yoqasida turgan oilaning yarashuvi nafaqat ularning shaxsiy hayoti, balki farzandlari va butun jamiyat uchun ham ijobiy natijalar beradi,- deydi "Adolat" SDPdan Kattaqoʻrgʻon tumani kengashi deputati Diloromxon Mirzaxonova

Slide 1 of 4