Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“KUNLIK ISH REJA — AMALDA!” 📋 06.07.2026
янв.21
Mirzaobod tumani hokimi, Xalq deputatlari Mirzaobod tumani Kengashi deputati  Abduraxim Umarov  o‘tkazilayotgan sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar yuzasidan joylarga chiqib, mavjud muammolarni o‘rgandi.
янв.21
“BOG‘ISTON” MAHALLASIDA JOYIGA CHIQIB O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
Xalq deputatlari Mirzaobod tumani Kengashi deputati D.Boyturayev tomonidan “Oydin” mahallasida fuqarolarning murojaatlari, aholi bandligi hamda ijtimoiy-iqtisodiy masalalar yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
TOMORQA YERLARIDAN FOYDALANISH VA SUV TA’MINOTI MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
“YO‘LDOSHOBOD” MAHALLASIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
“YO‘LDOSHOBOD” MAHALLASIDA JOYIGA CHIQIB O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
OQOLTIN MAHALLASIDA BANDLIK DASTURLARI IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Mirzaobod tumani Kengashi raisi M.Movlanov “Mirzacho‘l” MFYda mahalla yettiligi ishtirokida hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy holat, yoshlar masalalari hamda aholi murojaatlari yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Mirzaobod tumani Kengashi raisi M.Movlanov tomonidan tumandagi “Yangi hayot” MFY hududida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy davlat dasturlari ijrosi hamda hudud infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.
DEPUTAT FAOLIYATI:

DEPUTAT FAOLIYATI: 

Xalq deputatlari Jarqo'rg'on tuman Kengashiga 4-"Paxtaobod" saylov okrugidan saylangan deputat Z.Ahmedova boshchiligida tumandagi "Uzumzor" mahallasidagi yettilik va nuroniylar bilan hamkorlikda mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj va og'ir bemor fuqorolar bilan uchrashuv olib bordi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-82-sonli (https://lex.uz/docs/-6480342) Farmoniga asosan Jarqo‘rg‘on tumani "Uzumzor" mahallasida istiqomad qiluvchi U.Abdunazarov, X. Abdumuminov , X.Isaxonova va B.Abdumuminovlar bilan uchrashib, yangi tahrirdagi Konstitutsiyada e’lon qilingan “ijtimoiy davlat” tamoyillarini inobatga olgan holda, fuqarolarning ijtimoiy himoyaga oid huquqlarini va manfaatlarini so‘zsiz ta’minlash, aholiga ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish sifatini tubdan oshirish belgilab qo'yilganini ta'kidlab o'tdi.

Uchrashuv davomida fuqorolarning fikr-mulohazalarini va murojaatlarini tinglab, ularga ko'rsatilyotgan ijtimoiy himoya va yordamlar bilan tanishildi. Shuningdek, murojaatlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berilib, kerakli mas'ullarga deputatlik so'rovi yuborilishi belgilandi.

 ✍️ Xalq deputatlari Jarqo‘rg‘on tumani Kengashi

Slide 1 of 1