Yangiliklar

Xalq deputatlari Angren shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Xalq deputatlari Angren shahar Kengashining navbatdan tashqari sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Kun tartibidagi masalalar yuzasidan Kengash raisi Alisher Rayimov,  Mahallalar uyushmasi rahbari Ziyodilla Xodjimatov, shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Yashin Naraliyev, Xalq deputatlari  shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, xavfsizlik va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi  Mirabbos Mahmudovlar so‘zga chiqdilar. Masalalar yuzasidan deputatlardan Esonali Karabayev, Ne’mat Dushayev, Mirabbos Maxmudovlar fikr bildirdilar. Kun tartibidagi har bir masala atroflicha muhokama qilindi va qaror loyihalari tasdiqlandi. Shuning bilan sessiya o‘z ishini yakunladi.

Slide 1 of 12