Yangiliklar

Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi


Xalq deputatlari viloyat Kengashining Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari boʻyicha doimiy komissiyasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda kun tartibiga muvofiq quyidagi masalalar koʻrib chiqildi:

Viloyatda yangi oʻquv yili boshlanishi munosabati bilan maktabgacha va maktab taʼlimi muassasalarida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida;

“2026-yil “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” Davlat dasturi doirasida viloyatda mahalla tizimida amalga oshirilgan ishlar holati toʻgʻrisida;

Kun tartibidagi masalalar boʻyicha masʻullarning hisoboti eshitilib, muhokamalar yakunida tegishli qarorlar qabul qilindi.

➡️ Komissiya tomonidan belgilangan vazifalar ijrosi doimiy nazoratga olinishi qayd etildi.

Slide 1 of 10