Yangiliklar

Yashnobod tumanida fuqarolar murojaati joyida o‘rganildi

Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Bekzodbek Akbarov aholi tomonidan kelib tushgan murojaat yuzasidan deputati Ibrohim Rasulovning 24-Uysozlar saylov okrugiga kiruvchi "O‘rta Masjid" mahallasida bo‘ldi.

📌 O‘rganish davomida "Obod mahalla" dasturi doirasida hududda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari ko‘zdan kechirilib, fuqarolar murojaatida ko‘rsatilgan holatlar joyida o‘rganildi.

✅ Xususan, hududda to‘planib qolgan maishiy chiqindilarni olib chiqish ishlari tashkil etilib, mahallaning sanitariya holatini yaxshilash yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi.

📋 O‘rganish yakunlari bo‘yicha to‘plangan ma’lumotlar belgilangan tartibda rasmiylashtirilib, deputat Ibrohim Rasulovga axborot kiritish uchun tayyorlandi.

Slide 1 of 1