35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

☑️ Muammolar joyida o‘rganildi, mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi

❗️Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati, Zuhra Ubaydullayeva, profilaktika inspektorlari, mahalla raisi ishtirokida "Aviasozlar" mahallasi hududida uchrashuv o‘tkazildi.

📌 Uchrashuv davomida mahalla aholisi tomonidan kelib tushgan murojaatlari joyiga chiqib o‘rganildi. Shuningdek, 22 ta ko‘p qavatli uyga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati, uy-joylarni saqlash sifati, obodonlashtirish ishlari hamda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari yuzasidan atroflicha muhokamalar olib borildi.

✅ O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar vakillariga aniq topshiriqlar berildi, ijro muddatlari belgilandi.

Fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish, belgilangan vazifalarning sifatli va muddatida bajarilishi deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 1