35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Fidoyilar mahallasida aholini qiynayotgan muammolar o‘rganildi

❗️Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Ural Muhammadiyev Fidoyilar mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

📌Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan Boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati yuzasidan bir qator e’tiroz va takliflar bildirildi. Deputat aholi murojaatlarini diqqat bilan tinglab, ko‘tarilgan masalalarni joyiga chiqqan holda o‘rgandi.

❗️Shuningdek, Boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati bilan tanishilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 1