Yangiliklar

HAZORASP TUMANIDA EKOLOGIK NAZORAT O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputati D.Babadjanova tomonidan Hazorasp tumanida O‘zbekiston Respublikasining “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘RQ-363-son talablarining ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

🔹 O‘rganish davomida hududda atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik talablarga rioya etish, chiqindilarni boshqarish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish holatiga e’tibor qaratildi.

🌱 Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli choralarni ko‘rish, mavjud muammolarni bartaraf etish va kelgusida ekologik huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari muhokama qilindi.

🌿 Tabiatni asrash — har birimizning burchimiz! 

Slide 1 of 4