35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#infografika
янв.21
QONUN TARG‘IBOTI AMALDA
янв.21
Ko‘p qavatli uylar hududi o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati joyida o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari asosida ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatilmoqda
янв.21
QONUN IJROSI VA MAZMUN-MOHIYATI BO‘YICHA TUSHUNTIRISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
MAHALLADA "YETTILIK" FAOLIYATI JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR HUDUDI O‘RGANILDI
янв.21
#infografika
янв.21
Xalq deputatlari Mirzaobod tumani Kengashi raisi M.Movlanov, Kengash kotibiyati mudiri H.Amanbayeva tomonidan "Yangi hayot" mahallasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash jarayonlari joyiga chiqib o‘rganildi.
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi deputati S. Abduvaliyeva tomonidan Navro‘z mahallasida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida aholini qiynab kelayotgan dolzarb masalalar, mahalla infratuzilmasini yana-da yaxshilash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar bandligini ta’minlash hamda hududni obodonlashtirishga oid taklif va murojaatlar muhokama qilindi.
Deputat S. Abduvaliyeva tomonidan saylovchilarning fikr va mulohazalari diqqat bilan tinglanib, bildirilgan muammolarni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilishi ta’kidlandi. Shuningdek, amalga oshirilayotgan islohotlar, hududda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari hamda kelgusidagi rejalar haqida atroflicha ma’lumot berildi.
Uchrashuv ochiq muloqot ruhida o‘tib, fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Bunday muloqotlar aholi muammolarini o‘rganish, ularning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda xalq bilan doimiy muloqotni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Yakunda saylovchilar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar ijrosini nazoratga olish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.