BO‘STON MAHALLASIDA O‘RGANISH ISHLARI AMALGA OSHIRILDI
Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati A.To‘lqinboyev hamda tuman
Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Fozilov tomonidan Bo‘ston mahalla
fuqarolar yig‘inida, xususan G‘oyiblar ko‘chasida o‘rganish ishlari olib
borildi.
Bunda deputat G‘oyiblar ko‘chasi oqsoqoli B.Zaynobiddinov bilan birgalikda
hududni aylandi, aholi bilan suhbatlashib muammolarni o‘rgandi.
Ko‘chaboshi tomonidan G‘oyiblar ko‘chasining 800 metr qismiga asfalt
yotqizish zarurligi bildirildi. Deputat mazkur masalani hal etish yuzasidan
belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘rishini yetkazdi.
O‘rganish yakunida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalar “Deputatning
ko‘cha aylanish daftari”ga qayd etildi va ularning ijrosi nazoratga olindi.