Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputatlari U.Akkulov, P.Tojiboyev va kotibiyat mudiri M.G'oibnazarovlar tuman Yoshlar markazi binosida tashkil etilgan “Book Cafe” (kutubxona) ning tantanali ochilish marosimida ishtirok etdilar.
Ochilish marosimida Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a'zolari ham faol ishtirok etib, mazkur maskanning yoshlar ma'naviyati va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishdagi ahamiyati haqida fikr bildirdilar.
Marosim davomida deputatlar ramziy lenta kesish orqali kutubxonani foydalanishga topshirdilar hamda yoshlar va kitobxonlar uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
Kutubxonada kitob mutolaasi uchun qulay o‘quv zonalari, zamonaviy jihozlar, badiiy, ilmiy va ommabop adabiyotlar fondi, shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qiluvchi zamonaviy muhit yaratilgani e'tirof etildi.