Sayyor qabulda tegishli korxona va tashkilotlar rahbarlari, mahalla yettiligi hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etmoqda.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan bildirilayotgan murojaatlar va takliflar tinglanib, ularni qonunchilik doirasida hal etish yuzasidan mas'ullarga tegishli topshiriqlar berilmoqda.
Qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan masalalar nazoratga olinib, ijrosi yuzasidan belgilangan tartibda choralar ko‘riladi.