35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#infografika
янв.21
QONUN TARG‘IBOTI AMALDA
янв.21
Ko‘p qavatli uylar hududi o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati joyida o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari asosida ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatilmoqda
янв.21
QONUN IJROSI VA MAZMUN-MOHIYATI BO‘YICHA TUSHUNTIRISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
MAHALLADA "YETTILIK" FAOLIYATI JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR HUDUDI O‘RGANILDI
янв.21
#infografika
янв.21
Xalq deputatlari Mirzaobod tumani Kengashi raisi M.Movlanov, Kengash kotibiyati mudiri H.Amanbayeva tomonidan "Yangi hayot" mahallasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash jarayonlari joyiga chiqib o‘rganildi.
"Obod mahalla" dasturi doirasidagi ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati M.Valiyev tomonidan "Yangi Chorsu" mahalla fuqarolar yig‘inida "Obod mahalla" dasturi doirasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalla hududida elektr ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish, eskirgan elektr tarmoqlarini yangilash hamda aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida qo‘shimcha transformator punkti (TP) o‘rnatish ishlari bilan yaqindan tanishildi.

Mas’ullar tomonidan olib borilayotgan qurilish-montaj ishlari, loyiha ijrosi, bajarilayotgan ishlarning sifati va belgilangan muddatlarda yakunlanishi yuzasidan fikr almashildi.

Ta’kidlanganidek, "Obod mahalla" dasturi doirasida amalga oshirilayotgan bunday loyihalar mahalla infratuzilmasini yaxshilash, elektr ta’minoti barqarorligini oshirish hamda fuqarolar uchun yanada qulay va xavfsiz yashash sharoitlarini yaratishga xizmat qiladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 6