35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#infografika
янв.21
QONUN TARG‘IBOTI AMALDA
янв.21
Ko‘p qavatli uylar hududi o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati joyida o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari asosida ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatilmoqda
янв.21
QONUN IJROSI VA MAZMUN-MOHIYATI BO‘YICHA TUSHUNTIRISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
MAHALLADA "YETTILIK" FAOLIYATI JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR HUDUDI O‘RGANILDI
янв.21
#infografika
янв.21
Xalq deputatlari Mirzaobod tumani Kengashi raisi M.Movlanov, Kengash kotibiyati mudiri H.Amanbayeva tomonidan "Yangi hayot" mahallasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash jarayonlari joyiga chiqib o‘rganildi.
AHOLI MUROJAATLARI ASOSIDA MANZILLI O‘RGANISH OLIB BORILDI

O‘rganishlar davomida mahallaga kirish qismida kanal ustidan o‘tgan avtomobil yo‘li ko‘prigining bugungi texnik holati joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi. Aniqlanishicha, ko‘prikning tayanch beton ustunlari hamda beton qoplamalariga uzoq yillar davomida suv ta’siri natijasida qisman shikast yetgan bo‘lib, mazkur holat uning mustahkamligi va xavfsiz foydalanilishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi qayd etildi.

Shuningdek, mazkur ko‘prikdan mahalla aholisi va transport vositalari muntazam foydalanishini inobatga olgan holda, uning texnik holatini ekspertizadan o‘tkazish, zarur hollarda ta’mirlash yoki rekonstruksiya qilish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish zarurligi ta’kidlandi.

O‘rganish yakunida aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ul tashkilotlar vakillarini zudlik bilan jalb etish, ko‘prikning texnik holatini atroflicha o‘rganish hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda holatlarning oldini olish maqsadida amaliy choralar ko‘rish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Mazkur masala deputatlik nazoratiga olinib, uning yechimi yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda izchil ishlar olib borilishi belgilandi.

Slide 1 of 2