35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#infografika
янв.21
QONUN TARG‘IBOTI AMALDA
янв.21
Ko‘p qavatli uylar hududi o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati joyida o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari asosida ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatilmoqda
янв.21
QONUN IJROSI VA MAZMUN-MOHIYATI BO‘YICHA TUSHUNTIRISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
MAHALLADA "YETTILIK" FAOLIYATI JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR HUDUDI O‘RGANILDI
янв.21
#infografika
янв.21
Xalq deputatlari Mirzaobod tumani Kengashi raisi M.Movlanov, Kengash kotibiyati mudiri H.Amanbayeva tomonidan "Yangi hayot" mahallasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash jarayonlari joyiga chiqib o‘rganildi.
PARKLAR VA XIYOBONLAR, BOG‘LARNING HOLATI. “YOSHLAR MARKAZI” QURILISHI JARAYONI O‘RGANILDI.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari doirasida Parkent tumanida ham keng ko‘lamli loyihalar izchil davom ettirilmoqda. Jumladan,tumandagi “Qo‘shchinor” bog‘i hududida zamonaviy talablar asosida “Yoshlar markazi” qurilishi olib borilmoqda.Loyiha doirasida hududni obodonlashtirish, yangi dam olish maskanlarini tashkil etish, bolalar maydonchalari va yashil hududlarni kengaytirish,shuningdek, infratuzilmani yaxshilashga qaratilgan qator ishlar amalga oshirilmoqda.Mazkur qurilish ishlarining sifati, bajarilish jarayoni hamda ajratilgan
mablag‘larning maqsadli sarflanishini o‘rganish maqsadida hudud deputati,Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 11-“Qo‘licha” saylov okrugidan saylangan deputat Yoqubov Farxod Maxkamovich tomonidan jamoatchilik nazorati o‘tkazildi.O‘rganish jarayonida mas’ul loyihachi, buyurtmachi tashkilot mutasaddilari hamda quruvchi tashkilot ish boshqaruvchisi S. Amanov bilan uchrashilib, qurilish ishlarining sifati, bajarilish muddatlari va texnik talablarga rioya etilishi yuzasidan suhbatlashildi. Shuningdek,qurilish ishlari bevosita joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.Suhbat davomida ma’lum qilinishicha, ayni vaqtda “Yoshlar markazi” qurilishida 57 nafar quruvchi mehnat qilmoqda.Qurilish jarayonining belgilangan reja asosida olib borilayotgani, ishlarni sifatli va o‘z vaqtida yakunlashga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.Deputat tomonidan qurilish ishlarini belgilangan me’yor va standartlarga qat’iy rioya qilgan holda, sifatli hamda o‘z vaqtida yakunlash, shuningdek,ajratilgan mablag‘lardan samarali va maqsadli foydalanish zarurligi ta’kidlandi.Bunday jamoatchilik nazorati tadbirlari hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarining samaradorligini oshirish, qurilish sifati ustidan nazoratni kuchaytirish hamda mablag‘larning shaffof va maqsadli sarflanishini ta’minlashga xizmat qilmoqda.
  

Slide 1 of 6