35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#infografika
янв.21
QONUN TARG‘IBOTI AMALDA
янв.21
Ko‘p qavatli uylar hududi o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati joyida o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari asosida ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatilmoqda
янв.21
QONUN IJROSI VA MAZMUN-MOHIYATI BO‘YICHA TUSHUNTIRISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
MAHALLADA "YETTILIK" FAOLIYATI JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR HUDUDI O‘RGANILDI
янв.21
#infografika
янв.21
Xalq deputatlari Mirzaobod tumani Kengashi raisi M.Movlanov, Kengash kotibiyati mudiri H.Amanbayeva tomonidan "Yangi hayot" mahallasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash jarayonlari joyiga chiqib o‘rganildi.
Tashabbusli byudjet loyihasi doirasidagi qurilish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati M.Valiyev tomonidan Urganjibog‘ mahallasidagi 38-sonli umumta’lim maktabida "Tashabbusli byudjet – 2026" loyihasining 1-mavsumi doirasida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida deputatlar tomonidan qo‘shimcha g‘olib deb topilgan mazkur loyiha asosida maktab hududida qo‘shimcha o‘quv binosini qurish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tayyorgarlik ishlari bilan yaqindan tanishildi.

Maktab rahbariyati tomonidan ma’lum qilinishicha, loyiha-smeta hujjatlari va loyihalash ishlari to‘liq yakunlangan bo‘lib, hozirgi kunda obyektni "Shaffof qurilish" elektron tizimi orqali tender savdolariga chiqarish jarayoni cho‘zilib ketayotgani sababli qurilish ishlarini boshlash kechikmoqda.

Ushbu holat yuzasidan deputatlar tomonidan mas’ul tashkilotlar bilan fikr almashilib, tender jarayonlarini tezlashtirish, qurilish ishlarini imkon qadar qisqa muddatlarda boshlash hamda loyiha ijrosini belgilangan muddatlarda ta’minlash zarurligi ta’kidlandi.

O‘rganish yakunida mazkur masala deputat nazoratiga olinib, mavjud muammoni ijobiy hal etish, tender jarayonlarini jadallashtirish hamda qo‘shimcha o‘quv binosi qurilishini o‘z vaqtida boshlash bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralar ko‘rishga kelishib olindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4