35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#infografika
янв.21
QONUN TARG‘IBOTI AMALDA
янв.21
Ko‘p qavatli uylar hududi o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati joyida o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari asosida ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatilmoqda
янв.21
QONUN IJROSI VA MAZMUN-MOHIYATI BO‘YICHA TUSHUNTIRISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
MAHALLADA "YETTILIK" FAOLIYATI JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR HUDUDI O‘RGANILDI
янв.21
#infografika
янв.21
Xalq deputatlari Mirzaobod tumani Kengashi raisi M.Movlanov, Kengash kotibiyati mudiri H.Amanbayeva tomonidan "Yangi hayot" mahallasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash jarayonlari joyiga chiqib o‘rganildi.
Mahalla fuqarolar yig'inida o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati G.Payg‘amova tomonidan "Yangi obod" mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

O‘rganish davomida "Yangi obod" ATX 115/36-uyda istiqomat qiluvchi oilaning yashash sharoiti, xonadonning bugungi holati hamda uy-joyni ta’mirlash bo‘yicha olib borilishi belgilangan ishlar joyiga chiqqan holda atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Xonadonni ko‘zdan kechirish jarayonida oila a’zolari bilan suhbat o‘tkazilib, ularning murojaat va takliflari tinglandi. Shuningdek, uy-joy sharoitini yaxshilash hamda ta’mirlash ishlarini tashkil etish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganish natijasida mazkur xonadonda hozirga qadar ta’mirlash ishlari boshlanmaganligi, bu holat fuqaroning haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotgani aniqlandi. Mazkur murojaat yuzasidan deputat tomonidan masalani atroflicha o‘rganib chiqish hamda mas’ul tashkilotlar e’tiborini ushbu muammoga qaratish maqsadida deputatlik so‘rovi yuborishga kelishib olindi.

Yakunda mazkur masala deputat nazoratiga olinib, uy-joyni ta’mirlash ishlarini qisqa muddatlarda boshlash va fuqaroning murojaatini ijobiy hal etish yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralarni ko‘rish belgilandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3