35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#infografika
янв.21
QONUN TARG‘IBOTI AMALDA
янв.21
Ko‘p qavatli uylar hududi o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati joyida o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari asosida ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatilmoqda
янв.21
QONUN IJROSI VA MAZMUN-MOHIYATI BO‘YICHA TUSHUNTIRISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
MAHALLADA "YETTILIK" FAOLIYATI JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR HUDUDI O‘RGANILDI
янв.21
#infografika
янв.21
Xalq deputatlari Mirzaobod tumani Kengashi raisi M.Movlanov, Kengash kotibiyati mudiri H.Amanbayeva tomonidan "Yangi hayot" mahallasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash jarayonlari joyiga chiqib o‘rganildi.
#deputat_nazorati

Fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, mavjud muammolarni joyiga chiqib o‘rganish hamda ularning yechimini ta'minlash deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu borada Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyati tomonidan ham deputatlar faoliyatiga amaliy ko‘mak ko‘rsatish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Navbatdagi o‘rganish 25-Orolbo‘yi saylov okrugi deputati M.Abdurahmonova hududidagi Orolbo‘yi ko‘chasi 139-"A" uy oldidan kelib tushgan murojaat asosida tashkil etildi.

Murojaat yuzasidan Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov shu kunning o‘zida hududga chiqib, mavjud holatni joyida o‘rgandi. O‘rganish davomida elektr uzatish tarmoqlariga yaqin o‘sgan daraxt shoxlari elektr tarmoqlariga xavf solayotgani aniqlandi.

Shundan so‘ng, masala yuzasidan shahar elektr tarmoqlari korxonasi mutaxassislari bilan tezkor aloqa o‘rnatilib, muammoni qisqa muddatlarda bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar belgilandi. Tegishli ruxsatnomalar rasmiylashtirilgach, elektr tarmoqlariga xavf tug‘dirayotgan daraxt shoxlarini tartibga keltirish va avariya holatlarining oldini olish yuzasidan zarur ishlarni amalga oshirishga kelishib olindi.

Mazkur murojaatning qisqa fursatda nazoratga olinishi va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ijobiy yechim topilishi fuqarolar murojaatlariga e'tibor kuchayib borayotganidan dalolat beradi. Bu kabi joyiga chiqib o‘rganishlar aholi bilan ochiq muloqotni mustahkamlash, ularning muammolarini tezkor hal etish hamda hududlarda xavfsiz va qulay yashash muhitini yaratishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Slide 1 of 4