Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“KUNLIK ISH REJA — AMALDA!” 📋 06.07.2026
янв.21
Mirzaobod tumani hokimi, Xalq deputatlari Mirzaobod tumani Kengashi deputati  Abduraxim Umarov  o‘tkazilayotgan sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar yuzasidan joylarga chiqib, mavjud muammolarni o‘rgandi.
янв.21
“BOG‘ISTON” MAHALLASIDA JOYIGA CHIQIB O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
Xalq deputatlari Mirzaobod tumani Kengashi deputati D.Boyturayev tomonidan “Oydin” mahallasida fuqarolarning murojaatlari, aholi bandligi hamda ijtimoiy-iqtisodiy masalalar yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
TOMORQA YERLARIDAN FOYDALANISH VA SUV TA’MINOTI MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
“YO‘LDOSHOBOD” MAHALLASIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
“YO‘LDOSHOBOD” MAHALLASIDA JOYIGA CHIQIB O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
OQOLTIN MAHALLASIDA BANDLIK DASTURLARI IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Mirzaobod tumani Kengashi raisi M.Movlanov “Mirzacho‘l” MFYda mahalla yettiligi ishtirokida hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy holat, yoshlar masalalari hamda aholi murojaatlari yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Mirzaobod tumani Kengashi raisi M.Movlanov tomonidan tumandagi “Yangi hayot” MFY hududida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy davlat dasturlari ijrosi hamda hudud infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.
Халқ депутатлари вилоят Кенгашининг ўттиз тўққизинчи сессияси ўтказилди

Viloyat hokimi, xalq deputatlari viloyat kengashi raisi Xayrullo Bozarov olib borgan yig‘ilishda joriy yilda investitsiya va infratuzilma loyihalari ro‘yxatiga kiritilgan tadbirlarni amalga oshirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy  investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2018 yil investitsiya va infratuzilma loyihalari ro‘yxatiga kiritilgan tadbirlarni amalga oshirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy  investitsiyalarni jalb etish choralari natijadorligi to‘g‘risida” 2018 yil 21 iyundagi majlis bayoni bilan yuklatilgan topshiriqlar ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash chora-tadbirlari muhokama etildi

Shuningdek, sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 8 avgustdagi “Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga doir ustuvor chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori, 2017 yil 9 oktyabrdagi “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq xo‘jaligi ekin maydonlaridan samarali foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2017 yil 13 dekabrdagi  “Mahalliy davlat hokimiyati organlarini moliyaviy erkinligini oshirish, mahalliy byudjetlarga tushumlarning to‘liqligini ta’minlash bo‘yicha soliq va moliya organlari javobgarligini kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi, 2018 yil 4 maydagi  “Mamlakatni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonlari ijrosini ta’minlash, bundan tashqari,  tuman va shaharlarda byudjet daromadlari bazasini oshirish, yangi ish o‘rinlarini tashkil etish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish, Namangan shahri va tumanlarda bugungi kunda bo‘sh turgan ob’ektlarning ishlatishda vujudga kelayotgan muammolar bo‘yicha tadbirkorlarga ko‘maklashish choralarini ko‘rish natijalari  yuzasidan bir qator tuman hokimlari, sektor va mutasaddi tashkilotlar rahbarlarining hisoboti eshitildi.

Viloyatda qonun hujjatlari va Xalqaro mehnat standartlariga muvofiq fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar va kelgusidagi vazifalar, Xalq deputatlari viloyat, shahar va tumanlar Kengashlarining Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasini tuzish, mahalliy Kengashlar reglamentlari va ular doimiy komissiyalari to‘g‘risidagi nizomlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish masalalari muhokama qilindi.

Sessiyada Xalq deputatlari viloyat Kengashining sessiya oralig‘ida qabul qilingan qarorlari tasdiqlandi.

Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari
Aziz Abduhakimov so‘zga chiqdi.

 

Slide 1 of 1