Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 MAHALLA YETTILIGINING HISOBOTI TINGLANDI
янв.21
📢 AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH TIZIMI YANADA KUCHAYTIRILMOQDA!
янв.21
📘 DEPUTAT MAQOMI VA UNING VAKOLATLARI
янв.21
📢 PENSIYAGA CHIQISH ONLAYN BO‘LGANIDAN XABARINGIZ BORMI?
янв.21
📌 DEPUTAT VA FUQAROLAR UCHRASHUVI: MUAMMO VA TAKLIFLAR TINGLANDI
янв.21
📌 MIRZACHO‘LDA XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIGINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🤝 DEPUTAT VA “MAHALLA YETTILIGI” — HAMKORLIKDA MUAMMOLARGA YECHIM
янв.21
📌 KENGASHNING BUDJET MABLAG‘LARINI QAYTA TAQSIMLASHDAGI VAKOLATLARI
янв.21
📍SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
📍 SITUATSION MARKAZDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
Tadbirkorlik faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati M.Mavlonqulov tomonidan “Achchiqko‘l” mahalla fuqarolar yig‘ini, Achchiqko‘l ko‘chasi 18-B-uyda faoliyat yurituvchi tadbirkorning ishlab chiqarish faoliyati bilan tanishildi.

O‘rganish davomida tadbirkor M.Xazratqulov tomonidan “Duolayf” brendi ostida turli hajmdagi ichimlik suvlarini qadoqlab ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kichik korxona 2020-yilda ishga tushirilgani ma’lum bo‘ldi.

️Biroq, hozirgi kunda elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolar sababli korxona faoliyati vaqtincha to‘xtab qolgan. Mazkur holat joyiga chiqqan holda o‘rganilib, tadbirkorlik faoliyatini qayta yo‘lga qo‘yish uchun mavjud muammolarni bartaraf etish masalasi muhokama qilindi.

Tadbirkorning faoliyatini qayta tiklashiga amaliy ko‘mak ko‘rsatish, elektr ta’minoti bilan bog‘liq masalani o‘rganish hamda tegishli choralarni ko‘rish maqsadida Qo‘qon shahar hokimining birinchi o‘rinbosariga deputatlik so‘rovi yuborish belgilandi.

Mazkur masala deputat nazoratiga olinib, tadbirkorlik subyektining faoliyatini qayta tiklash yuzasidan tegishli ishlar davom ettiriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 6