Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 MAHALLA YETTILIGINING HISOBOTI TINGLANDI
янв.21
📢 AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH TIZIMI YANADA KUCHAYTIRILMOQDA!
янв.21
📘 DEPUTAT MAQOMI VA UNING VAKOLATLARI
янв.21
📢 PENSIYAGA CHIQISH ONLAYN BO‘LGANIDAN XABARINGIZ BORMI?
янв.21
📌 DEPUTAT VA FUQAROLAR UCHRASHUVI: MUAMMO VA TAKLIFLAR TINGLANDI
янв.21
📌 MIRZACHO‘LDA XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIGINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🤝 DEPUTAT VA “MAHALLA YETTILIGI” — HAMKORLIKDA MUAMMOLARGA YECHIM
янв.21
📌 KENGASHNING BUDJET MABLAG‘LARINI QAYTA TAQSIMLASHDAGI VAKOLATLARI
янв.21
📍SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
📍 SITUATSION MARKAZDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati X.Nazarova tomonidan “At-Termiziy” MFYda yashovchi fuqarolarga tibbiy yordam ko‘rsatish hamda ularni shifoxonaga joylashtirish masalasida yuborilgan deputatlik so‘roviga Qo‘qon shahar Tibbiyot birlashmasi boshlig‘i K.B.Sirojiddinov tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.

Deputatlik so‘rovi asosida “At-Termiziy” MFY, Bog‘i Rahmat ko‘chasi, 20-A uyda yashovchi ikki nafar fuqaroning xonadoniga borilib, ularning salomatligi va tibbiy xizmatlardan foydalanish holati o‘rganildi.

Rasmiy javobda qayd etilishicha, xonadonda yashovchi M.Mamajonova hamda Z.Mamajonova tegishli tibbiy nazoratda turadi va ularga muntazam ravishda zarur tibbiy muolajalar ko‘rsatib kelinmoqda.

O‘rganish davomida fuqarolarga shifoxona sharoitida davolanish zarurligi tushuntirilgani, biroq ular o‘z xohishlariga ko‘ra shifoxonaga yotib davolanishdan bosh tortgani ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, fuqarolar mahalla shifokori va hamshirasi faoliyatidan e’tirozlari yo‘qligini, ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlardan mamnun ekanliklarini bildirgan.

Mazkur o‘rganish orqali og‘ir xastaligi bo‘lgan fuqarolarning tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash, ularning holatini muntazam nazorat qilib borish hamda zarur hollarda tegishli tibbiy yordam ko‘rsatish masalalariga e’tibor qaratildi.

Mazkur masala deputat nazoratida bo‘lib, fuqarolarga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami doirasida xonadonida tibbiy xizmat ko‘rsatish va ularning salomatlik holatini muntazam nazorat qilish ishlari davom ettiriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi