35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Tuman sport maktabi faoliyati o‘rganildi

O‘rganish jarayonida sport maktabida yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, sport turlari bo‘yicha to‘garaklar faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda yosh sportchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlarga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, sport inshootlari va mavjud sport jihozlarining holati, ulardan samarali foydalanish, mashg‘ulotlarni muntazam tashkil etish hamda sportchilarning mahalliy va respublika miqyosidagi musobaqalarda munosib ishtirokini ta’minlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Mas’ul xodimlar bilan muloqot davomida sport maktabi faoliyatini yanada takomillashtirish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish va iqtidorli sportchilarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan fikr almashildi.

Yoshlarni sportga keng jalb etish, ular uchun munosib shart-sharoitlar yaratish va sog‘lom avlodni tarbiyalash — muhim vazifalardan biridir.

Slide 1 of 9