O‘rganish jarayonida tibbiy-diagnostika xizmatlarini ko‘rsatish sifati, fuqarolarning sog‘lig‘ini muhofaza qilishga qaratilgan qonunchilik talablariga rioya etilishi, laboratoriya xizmatlarining tashkil etilishi hamda bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlarga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, diagnostika laboratoriyasida zamonaviy tibbiy texnologiyalardan foydalanish, tahlillarni o‘tkazish jarayoni, tibbiy jihozlarning holati va sanitariya talablariga rioya etilishi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Mas’ul xodimlar bilan muloqot davomida aholiga sifatli va xavfsiz tibbiy-diagnostika xizmatlarini ko‘rsatish, fuqarolarning huquq va manfaatlarini ta’minlash hamda tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish masalalari muhokama qilindi.
O‘rganish yakuni bo‘yicha qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilish, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish va aholi salomatligini muhofaza qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Aholi salomatligini muhofaza qilish va fuqarolarga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash — deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.