Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 MAHALLA YETTILIGINING HISOBOTI TINGLANDI
янв.21
📢 AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH TIZIMI YANADA KUCHAYTIRILMOQDA!
янв.21
📘 DEPUTAT MAQOMI VA UNING VAKOLATLARI
янв.21
📢 PENSIYAGA CHIQISH ONLAYN BO‘LGANIDAN XABARINGIZ BORMI?
янв.21
📌 DEPUTAT VA FUQAROLAR UCHRASHUVI: MUAMMO VA TAKLIFLAR TINGLANDI
янв.21
📌 MIRZACHO‘LDA XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIGINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🤝 DEPUTAT VA “MAHALLA YETTILIGI” — HAMKORLIKDA MUAMMOLARGA YECHIM
янв.21
📌 KENGASHNING BUDJET MABLAG‘LARINI QAYTA TAQSIMLASHDAGI VAKOLATLARI
янв.21
📍SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
📍 SITUATSION MARKAZDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
🔰OXSHIH MAHALLASIDA TOZA ICHIMLIK SUVI TARMOG‘I BARPO ETILMOQDA

🔰OXSHIH MAHALLASIDA TOZA ICHIMLIK SUVI TARMOG‘I BARPO ETILMOQDA

♻️Aholini toza va sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash, hududlarda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yaxshilash borasidagi ishlar Jondor tumanida izchil davom ettirilmoqda.
🌏Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I. Xolov, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J. Norov hamda deputat R. Murodov hamkorligida Oxshih mahallasida tasdiqlangan investitsiya loyihasi doirasida toza ichimlik suvi quvurlarini o‘tkazish bo‘yicha olib borilayotgan qurilish-montaj ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
♻️O‘rganish davomida amalga oshirilayotgan ishlarning borishi, qurilish-montaj jarayonlarining sifati hamda aholining ichimlik suvi ta’minotini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘zdan kechirildi.
♻️Ta’kidlanganidek, mazkur loyiha Oxshih mahallasi aholisi uchun qulay va barqaror ichimlik suvi ta’minotini yaratish, mavjud muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish hamda hudud infratuzilmasini yanada yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etadi.
♻️Mas’ullarga qurilish ishlarini belgilangan talablar asosida sifatli tashkil etish, aniqlangan masalalarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda ishlarning ijrosini doimiy nazorat qilib borish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

👉Aholi manfaatlari yo‘lidagi bunday amaliy ishlar deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Slide 1 of 5