Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 MAHALLA YETTILIGINING HISOBOTI TINGLANDI
янв.21
📢 AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH TIZIMI YANADA KUCHAYTIRILMOQDA!
янв.21
📘 DEPUTAT MAQOMI VA UNING VAKOLATLARI
янв.21
📢 PENSIYAGA CHIQISH ONLAYN BO‘LGANIDAN XABARINGIZ BORMI?
янв.21
📌 DEPUTAT VA FUQAROLAR UCHRASHUVI: MUAMMO VA TAKLIFLAR TINGLANDI
янв.21
📌 MIRZACHO‘LDA XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIGINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🤝 DEPUTAT VA “MAHALLA YETTILIGI” — HAMKORLIKDA MUAMMOLARGA YECHIM
янв.21
📌 KENGASHNING BUDJET MABLAG‘LARINI QAYTA TAQSIMLASHDAGI VAKOLATLARI
янв.21
📍SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
📍 SITUATSION MARKAZDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
📚 Kitobxonlik — ma’naviyat va tafakkur manbai

📚 Kitobxonlik — ma’naviyat va tafakkur manbai

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati M. Xidirova saylov okrugi hududida joylashgan 22-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini o‘rgandi.
📈O‘rganish davomida ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, mavjud shart-sharoitlar bilan bir qatorda, kutubxona holatiga ham alohida e’tibor qaratildi.
⁉️Deputat kutubxonadagi mavjud adabiyotlar, ularning mazmun-mohiyati, bolalarning yosh xususiyatlariga mosligi hamda kitobxonlikka qiziqishni oshirish borasidagi imkoniyatlarni ko‘zdan kechirdi.
M. Xidirova o‘z fikr-mulohazalarida yosh avlodni kitobga mehr ruhida tarbiyalash, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda mutolaa madaniyatini shakllantirish muhim vazifalardan biri ekanini ta’kidladi.
Shuningdek, kutubxona fondini bolalar uchun qiziqarli va mazmunli adabiyotlar bilan boyitish, kitobxonlik muhitini yanada rivojlantirish yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.
📖 Zero, bolalikdan kitobga oshno bo‘lgan avlod — kelajakda bilimli, tafakkuri keng va ma’naviy barkamol inson bo‘lib voyaga yetadi.

Slide 1 of 3