Xususan bugun Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari A.Ermatov va Z.Domilayev Guliston mahallasiga tashrif buyurib, "Ayollar daftari"ni shakllantirish jarayonini o‘rgandilar.
Ushbu tashrifda deputatlar, 2025 yil 6 bosqich "Ayollar daftari"ni shakllantirish jarayonidagi xatlov ishlarini ko‘zdan kechirishdi. O‘rganish davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan xotin-qizlar ro‘yxatini tuzish jarayonlari haqida maʼlumot berildi. Deputatlar, ayniqsa, xotin-qizlar faollari bilan uchrashib, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tushunchalar berdilar.
Shuningdek, deputatlar tomonidan ayollarni huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. "Ayollar daftari"ga kiritilgan xotin-qizlarga eng zaruriy yordamlar ko‘rsatilishi, ularning ijtimoiy holatini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqilishi maqsad qilib qo‘yilgan.