Davlat raxbarimiz torshirig‘iga asosan fuqarolarimizni kambag‘allikdan chiqarish, ijtimoiy ximoyaga muhtoj odamlarga ko‘maklashish maqsadida xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Z.Ismoilova o‘zi saylangan xududlarda bo‘ldi.
2024 yil 20-dekabr kuni xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Z.Ismoilova Oyim-39 saylov uchastkasida sektor rahbari, tuman tashkilotlari bilan birgalikda aholi murojaatlari o‘rganilib, 5 nafar nogironligi bor ayollar shu kunni o‘zida davolanishga yo‘llanmani oldilar va mutasaddi tashkilotlar bilan Teshiktosh, Uzunko‘cha MFYlardagi elektri-energiya muammolarini o‘rgandilar.