Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
2026-yil 30-yanvar kuni tuman hokimligi zalida “Tashabbusli budjet” bo'yicha seminar bo'lib o'tdi.
янв.21
2026-yil 28-yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Yakubov Shuhrat Ummatalievich Mirzacho'l tumanidagi "Yoshlarni til va kasb-xunarga o'qitish markazi" faoliyati va o'quv jarayonlari bilan tanishdi.
янв.21
2026-yil 28-yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Yakubov Shuhrat Ummatalievich Mirzacho'l tumanidagi "Xayot maktabi" bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
2026-yil 28-yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Yakubov Shuhrat Ummatalievich Mirzacho'l tumanidagi GAZABETON korxonasi faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
2026yil 28-yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Yakubov Shuhrat Ummatalievich Mirzacho'l tumanida tikuvchilik mamuasida bo'ldi.
янв.21
2026-yil 28-yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Yakubov Shuhrat Ummatalievich Mirzacho'l tumanidagi "Inson" markazi faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
2026-yil 28-yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Yakubov Shuhrat Ummatalievich Mirzacho'l tumanidagi "Ezgu niyat maydoni" da bo'ldi.
янв.21
2025 йил 17 ноябр куни Халқ депутатлари Мирзачўл туман Кенгашининг еттинчи чақириқ ўн бешинчи сессияси ўтказилди.
янв.21
Viloyat va tuman Kengashi deputatlari ishtirokida aholining arzon va sifatli oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ta’minoti o‘rganildi.
янв.21
2025 йил 30 октябр куни Халқ депутатлари Мирзачўл туман Кенгашининг еттинчи чақириқ ўн тўртинчи сессияси ўтказилди.
Halol mehnat qilib, burchimizni vijdonan bajarsak

Korrupsiya har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazib, inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib keladi.

Shu bois unga qarshi kurash xalqaro ahamiyat kasb etib, jahon siyosatining muhim masalalari qatoridan joy olgan. Mamlakatimizda ham korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan.

Korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish maqsadida 2017 yil 3 yanvarda O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni va hamda shundan so‘ng bir qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan. Qonun bilan korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, vakolatli organlar tizimi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolarning mazkur sohadagi ishtiroki, korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar, jazo muqarrarligini ta’minlash va bu borada xalqaro hamkorlikni ta’minlash kabi choralar mustahkamlab qo‘yildi.

Qonunning 3-moddasiga ko‘ra, korrupsiya – shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etishidir.

Qonunning 5-moddasida esa korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lib, ular – aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, ularning oqibatlarini, unga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlashdan iboratdir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6 iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish murosasiz munosabatlarda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida mamlakat rivojlanishining bugungi bosqichda korrupsiya O‘zbekiston davlati va jamiyati taraqqiyoti uchun eng jiddiy xavf-xatarlardan biri ekanligi qayd etilgan.

Davlatimiz rahbarining 2020 yil 29 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoni bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy kengashi va uning hududiy kengashlari tuzildi.

Bugun jamiyatimizda korrupsiyaga qarshi murosasiz muhitni yaratish jamoatchilikning keng ishtirokida amalga oshirilmoqda. Xususan, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish tizimi tubdan takomillashtirilib, Prezidentning Xalq va Virtual qabulxonalari, «Ishonch telefoni» hamda har bir vazirlik va davlat idoralarining «ishonch telefonlari», «virtual qabulxonalari» tashkil qilinib, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash maqsadida barcha darajadagi davlat rahbarlarining «sayyor qabul» o‘tkazish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi. Bu esa muammolarning yechimini topishda ochiqlik prinsiplariga amalga qilish va korrupsiyaning oldini olishga xizmat qiladi.

Aslida, korrupsiyaga qarshi kurashishni har bir fuqaro o‘zidan boshlashi lozim. Ya’ni, har birimiz zimmamizdagi vazifa, burchni vijdonan bajarib, noqonuniy harakatlardan tiyilsak, halol mehnat qilib, ro‘zg‘or tebratsak va shundan so‘ng boshqalardan ham buni talab qilsak, korrupsiyaga qarshi eng katta harakatimiz bo‘ladi.

Feruza Rahimova,

xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati, 

Slide 1 of 2