DOIMIY KOMISSIYA FAOLIYATI:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi “Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 5633-sonli farmonining tumandagi ijrosi hamda 2021-yil 3-dekabrdagi PQ-31-sonli qarorining ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Jarqo‘rg‘on tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri U.Toshboyevning axboroti Xalq deputatlari Jarqo‘rg‘on tumani Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi ”da tinglanib, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi hamda a’zolari tomonidan takliflar aytib o‘tildi.
✍️Xalq deputatlari Jarqo‘rg‘on tumani Kengashi