Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati 17-Yangikent saylov okrugidan saylangan deputati M.Raximov 3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan tumandagi “Bo‘ston” MFY hududidagi 67-umumiy o‘rta ta’lim maktabida imkoniyati cheklangan, yakka tartibda uyda ta’lim olayotgan o‘quvchi holidan xabar oldi. Unga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi, o‘qituvchilar tomonidan darslarni muntazzam olib borilayotganligi o‘rganildi hamda esdalik sovg‘asini ham o‘quvchiga topshirdi.