Mirzachul tumani Mustaqillik MFY xududida joylashgan «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida ota-onalar tashabbusi bilan bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi.
Masalan, 2-maktabgacha ta'lim tashkilotida 150 tup, ota-onalar tashabbusi bilan mevali daraxt ko‘chatlari ekilib, ular doimiy parvarishlanmoqda.
«Yashil makon – yashil kelajak!» shiori ostida davom etayotgan ushbu tashabbuslar mamlakatimizda ekologik barqarorlikni ta’minlash, yangi avlodda tabiatga ehtirom tuyg‘usini shakllantirish yo‘lida muhim qadam hisoblanadi.