Xususan, 2025-yil “Open budjet” dasturi doirasida moliyalashtirilgan Qo‘shrabot va Tokzor ko‘chalari hududida avtomobil yo‘llarini yaxshilash ishlari joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish davomida ishlar sifati va muddatlariga alohida e’tibor qaratilib, mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.