“To‘qqiztepa” MFYda aholi vakillari bilan uchrashuvlar davomida hududda joylashgan tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining markaziy kirish qismidagi yo‘l yoqasida o‘rnatilgan ko‘cha yoritish ustunlaridagi yoritish moslamalarining bir qismi ayni vaqtda nosoz va ta’mirtalab holatga kelib qolganligi aniqlandi.
Mazkur holat hududda tungi vaqtda yoritish darajasining pasayishiga, ayniqsa o‘quvchilar, ota-onalar va fuqarolar harakati xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Shu munosabat bilan tuman Obodonlashtirish boshqarmasi rahbari nomiga deputat so‘rovi yuborildi. Unda maktab oldidagi ta’mirtalab holatdagi yoritish moslamalarini ta’mirlash hamda nosoz bo‘lganlarini yangilariga almashtirish orqali ushbu hududdagi ko‘cha yoritish masalasini ijobiy hal etish so‘ralgan.
Mazkur masala yuzasidan 10 kun muddatda rasmiy javob taqdim etilishi belgilangan.