Tashrif davomida korxonada qishloq xo‘jaligi sohasida qo‘llanilayotgan zamonaviy innovatsion yondashuvlar, ilg‘or agrotexnologiyalar hamda yuqori hosildorlikka erishish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, uchrashuv chog‘ida soha vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning faoliyatida uchrayotgan muammolar, eksport salohiyatini oshirish, mahsulot yetishtirish va saqlash infratuzilmasini takomillashtirish yuzasidan taklif va mulohazalar o‘rganildi. Mazkur tashrif hududlarda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, eksport hajmini kengaytirish hamda ishlab chiqaruvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.