Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
2025 йил 17 ноябр куни Халқ депутатлари Мирзачўл туман Кенгашининг еттинчи чақириқ ўн бешинчи сессияси ўтказилди.
янв.21
Viloyat va tuman Kengashi deputatlari ishtirokida aholining arzon va sifatli oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ta’minoti o‘rganildi.
янв.21
2025 йил 30 октябр куни Халқ депутатлари Мирзачўл туман Кенгашининг еттинчи чақириқ ўн тўртинчи сессияси ўтказилди.
янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH – HAR BIR VAZIFADA OCHIQLIK VA SHAFFOFLIK TALABI!
янв.21
2025 йил 4 сенябр куни Халқ депутатлари Мирзачўл туман Кенгашининг еттинчи чақириқ ўн иккинчи сессияси ўтказилди.
янв.21
2025 йил 5 август куни Халқ депутатлари Мирзачўл туман Кенгаши депутати А.Дадаев томонидан кўп қаватли уйларни куз-қиш мавсумига тайёрлаш бўйича олиб борилаётган ишлар ўрганилди.
янв.21
2025 йил 5 август куни Халқ депутатлари Мирзачўл туман Кенгаши депутати Ж.Ахмедов томонидан кўп қаватли уйларни куз-қиш мавсумига тайёрлаш бўйича олиб борилаётган ишлар ўрганилди.
янв.21
2025 йил 5 август куни Халқ депутатлари Мирзачўл туман Кенгаши депутати Ф.Эшназарова томонидан кўп қаватли уйларни куз-қиш мавсумига тайёрлаш бўйича олиб борилаётган ишлар ўрганилди.
янв.21
2025 йил 2 июлъ куни Халқ депутатлари Мирзачўл туман Кенгашининг еттинчи чақириқ ўнинчи сессияси ўтказилди.
янв.21
2025 йил 27 феврал куни Халқ депутатлари Мирзачўл туман Кенгаши Аграр, қурилиш, коммунал сохалар, экология, саноат ва транспорт масалалари бўйича доимий комиссиясининг йиғилиши бўлиб ўтди.
Samarqand viloyatida 2025/2026-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida

Samarqand viloyatida 2025/2026-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida

Xalq deputatlari viloyat Kengashida viloyat hokimining o'rinbosari N.M.Raxmonovning hisoboti tinglandi. 

 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21 iyuldagi 453-son qaroriga asosan 2025-2026 yillar kuz-qish davrida iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy va energetika sohasi ob’yektlari hamda ko‘p kvartirali uy-joy fondini barqaror ishlashga tayyorlash bo‘yicha barcha ko‘rsatkichlar belgilab berilgan.

Shunga asosan kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida viloyatda 155 ta ta (100 %) ko‘p kvartirali uylarda ta’mirlash ishlari olib borilgan.

Bunda, 60 ta (128 foiz) uylarning tom qismi, 401 ta (103 foiz) kirish yo‘laklari, 42 ta (140 foiz) uylarning yerto‘la va ichki muhandislik-kommunikatsiyalari, 64 ta (98 foiz) uylarning fasad qismi, 121 ta (107 foiz) elektr taqsimlovchi shitlarni ta’mirlanib, 155 ta (107 foiz) kodli temir eshiklar o‘rnatilgan.

Issiqlik ta’minotini yaxshilash bo‘yicha 6 ta (86 foiz) qozon va 300 metr (30 foiz) issiqlik tarmoqlari ta’mirlangan.

Ichimlik suv tarmoqlarining 14,8 km (100 foiz) qismi mukammal, 13,4 km (100 foiz) qismi joriy ta’mirlandi hamda nasos uskunalarining 37 tasi (100 foiz) mukammal va 58 tasi (100 foiz) joriy ta’mirdan chiqarilgan.

Elektr ta’minoti bo‘yicha 3 002 km (100 foiz) past kuchlanishli tarmoq va 1 207 ta (100 foiz) transformatorlar ta’mirlangan.

Gaz ta’minoti bo‘yicha 25 km (100 foiz) quvurlar va 52 ta (102 foiz) gaz taqsimlash punktlarida mukammal ta’mirlash va rekonstruksiya ishlari bajarildi, 6 272 ta (100 foiz) punktlarda taftish o‘tkazildi, 1 090 km (101 foiz) quvur bosim ostida sinaldi, 2 586 km (107 foiz) yer osti gaz quvurlarining holati tekshirilgan.

Byudjet tashkilotlari uchun 81 ming tonna (100 %) mahalliy ko‘mir mahsulotlari yetkazib berilgan.

Aholi xonadonlariga ham sentyabr oyi oxiridan ko‘mir tarqatishni boshlaganmiz. Bugungi kunga qadar 6,2 ming tonna (4 %) ko‘mir tarqatilgan.

Ijtimoiy soha ob’yektlarini mavsumga tayyorlash ishlari yuzasidan ham alohida nazorat o‘rnatilgan. Jumladan, bugunga qadar 263 ta maktab, 109 ta bog‘chada ta’mirlash ishlari olib borilgan. 

Shuningdek, qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarni tezkor bartaraf etish uchun yetarli materiallar zaxirasi yaratilgan. Jumladan, 20 dona har-xil quvvatdagi transformatorlar, 25,8 km elektr kabellari, 35,0 tonna transformator moyi;

712 metr gaz quvurlari, 100 dan ziyod zadjivka, kran, monometrlar, yetarlicha salnik, smazka, elektrood, karbid va boshqa materiallar;

5,4 km. ichimlik suv quvurlari, zadvijka, 10 dona yangi nasos uskunalari zaxirasi yaratildi hamda 1000 dan ziyod ishchi xodimlar, 110 ta maxsus texnikalardan iborat 200 dan ziyod avariya brigadalar shakllantirilgan. 

Yuqoridagi holatlar viloyatda iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy va energetika sohasi ob’yektlari hamda ko‘p kvartirali uy-joy fondini 2025/2026-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashini ta’minlaydi.

M.Po'latov

Xalq deputatlari viloyat Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo'yicha doimiy komissiya raisi

⚡️ @sam_vil_deputatlari

Slide 1 of 1