Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
2025 йил 17 ноябр куни Халқ депутатлари Мирзачўл туман Кенгашининг еттинчи чақириқ ўн бешинчи сессияси ўтказилди.
янв.21
Viloyat va tuman Kengashi deputatlari ishtirokida aholining arzon va sifatli oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ta’minoti o‘rganildi.
янв.21
2025 йил 30 октябр куни Халқ депутатлари Мирзачўл туман Кенгашининг еттинчи чақириқ ўн тўртинчи сессияси ўтказилди.
янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH – HAR BIR VAZIFADA OCHIQLIK VA SHAFFOFLIK TALABI!
янв.21
2025 йил 4 сенябр куни Халқ депутатлари Мирзачўл туман Кенгашининг еттинчи чақириқ ўн иккинчи сессияси ўтказилди.
янв.21
2025 йил 5 август куни Халқ депутатлари Мирзачўл туман Кенгаши депутати А.Дадаев томонидан кўп қаватли уйларни куз-қиш мавсумига тайёрлаш бўйича олиб борилаётган ишлар ўрганилди.
янв.21
2025 йил 5 август куни Халқ депутатлари Мирзачўл туман Кенгаши депутати Ж.Ахмедов томонидан кўп қаватли уйларни куз-қиш мавсумига тайёрлаш бўйича олиб борилаётган ишлар ўрганилди.
янв.21
2025 йил 5 август куни Халқ депутатлари Мирзачўл туман Кенгаши депутати Ф.Эшназарова томонидан кўп қаватли уйларни куз-қиш мавсумига тайёрлаш бўйича олиб борилаётган ишлар ўрганилди.
янв.21
2025 йил 2 июлъ куни Халқ депутатлари Мирзачўл туман Кенгашининг еттинчи чақириқ ўнинчи сессияси ўтказилди.
янв.21
2025 йил 27 феврал куни Халқ депутатлари Мирзачўл туман Кенгаши Аграр, қурилиш, коммунал сохалар, экология, саноат ва транспорт масалалари бўйича доимий комиссиясининг йиғилиши бўлиб ўтди.
2026-yil o‘qituvchilar uchun katta imkoniyatlar yili

 Yurtimizda ta’lim tizimini tubdan isloh qilish va zamonaviylashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 15-sentabr sanasida ta’lim sohasi xodimlari bilan o‘tkazilgan selektor yig‘ilishida 2026-yilda ta’lim sohasida amalga oshiriladigan yangiliklar, ularning mazmun-mohiyati hamda o‘qituvchilar uchun yaratiladigan qulayliklar alohida ta’kidlandi. Avvalo, 2026-yil-“Yoshlarni zamonaviy kasb-hunarga o‘rgatish yili” sifatida e’lon qilindi. Shu maqsadda kasb-hunar ta’limini rivojlantirish uchun xalqaro standartlar joriy etilishi aytildi. Shu bilan bir qatorda, Prezidentimiz bog‘cha tizimida ham tub o‘zgarishlar kiritilayotganini qayd etdi. Har bir viloyatda “Yangi avlod” bog‘chalari tashkil etilishi, ularda tarbiyachilar ilg‘or pedagogik texnologiyalarni o‘rganishi aytildi. Xususiy bog‘chalarda faoliyat yuritayotgan tarbiyachilarga ham davlat byudjetidan to‘lovlar amalga oshirilishi hamda bog‘chalar pedagoglari va rahbarlarining oyliklari sezilarli darajada oshirilishining aytilishi eng muhim jihatlardan biri bo‘ldi. Umumta’lim maktablari uchun aytilgan yangiliklar bizlarning quvonchimizga yana quvonch qo‘shdi. 2026-yildan boshlab, 9- va 11-sinflar uchun yagona davlat imtihonlari joriy qilinganligi va bu imtihonlar orqali o‘quvchilarning bilim darajasi aniqlanib, ularni kasb va oliy ta’lim yo‘nalishlariga to‘g‘ri yo‘naltirilishga yordam beradi. Shuningdek xalqaro til va fan sertifikatlari maktab imtihonlarida tan olinishi haqida ham aytildi. Shu kunga qadar, o‘qituvchilarning majburiy mehnatdan ozod qilinganligi, paxta yig‘im-terimida ustoz hamda o‘quvchilarning mehnatidan foydalanmaslik choralari ko‘rilishi natijasida, ta’lim sifati darajasi ko‘tarildi, jumladan, o‘quvchilar xalqaro va milliy sertifikatlarni hamda chet el OTM ga grantlarni qo‘lga kirityaptilar. O‘quvchilarimiz Vatanimiz O‘zbekiston nufuzini baland ko‘tarishda dadil qadamlarni tashlab ulgurdilar.  

Muhtaram Prezidentimiz o‘z nutqida o‘qituvchilar mavqeyi va ularning mehnatini rag‘batlantirish masalalariga ham alohida to‘xtalib o‘tdilar. Pedagoglar uchun xalqaro va milliy sertifikatlash tizimi joriy qilinishi, sertifikat olgan ustozlarga qo‘shimcha ustama va mukofotlar berilishi aytildi. Eng hayajonlisi, bizning ko‘nglimizni va qadrimizni baland ko‘targani kamida 15 yil stajga ega bo‘lgan oliy toifali pedagoglarga ipoteka krediti boshlang‘ich badalining 25 foizi qoplab berilishi hamda kelgusi o‘quv yilida oliygohlarga o‘qishga kirgan pedagoglar farzandlarining kontraktiga 30 foiz chegirma berilishi kabi ko‘pgina yangiliklar shular jumlasidan. Xulosa o‘rnida shuni aytmoqchimanki, Prezidentimiz ta’kidlaganidek, ta’lim tizimini rivojlantirmasdan turib, mamlakat taraqqiyotini tasavvur qilib bo‘lmaydi. 2026-yilda amalga oshiriladigan islohotlar o‘quvchilarga sifatli bilim berish, yoshlarni zamonaviy kasb-hunarlarga yo‘naltirish bilan bir qatorda, o‘qituvchilarning ijtimoiy maqomini yanada yuksaltiradi. Bu esa, albatta, pedagoglarning mehnatidan rozi bo‘lishlari, o‘z kasbini faxr bilan bajarishlari uchun mustahkam asos yaratadi.  

Matniyazov Yuldashboy, 59-son maktab direktor, O‘zbekiston XDP To‘rtko‘l tuman Kengashi deputati.  

Slide 1 of 1