35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashining 26-sessiyasi 2026-yil 21-iyul kuni soat 11:00 da bo‘lib o‘tadi
янв.21
Сессия олдидан муҳим ўрганиш: “Салор” маҳалласида ПҚ-1 ижроси ўрганилди
янв.21
Депутат ахбороти олдидан "Баёт" МФЙ фаолияти ўрганилди!
янв.21
«Билимдон» маҳалласида навбатдаги сайёр қабул бўлиб ўтди
янв.21
Сессия олдидан муҳим ўрганиш: “Фаровон” маҳалласи хавфсиз ҳудудга айлантирилмоқда!
янв.21
«Фаровон» маҳалласида навбатдаги ўрганишлар ўтказилди
янв.21
Маҳалла инфратузилмаси ва аҳоли мурожаатлари депутат эътиборида
янв.21
Мирободда депутат ахбороти: 2026 йил иккинчи чорак бўйича депутатлик фаолияти юзасидан ахборот бериди
янв.21
Маҳалла еттилиги билан ҳамкорлик: Муаммолар депутат назоратида ҳал этилади
янв.21
«Ат-Термизим» маҳалласида навбатдаги ўрганиш ўтказилди
IShONChLI VAKIL MIROBODLIK SAYLOVChILAR BILAN UChRAShDI

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyevning Toshkent shahar ishonchli vakili R.Kаlonov Mirobod tumanidagi 110-umuiyo’rta ta’lim maktabida saylovchilar bilan uchrashdi. Uchrashuvda Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashi deputatlari va tumandagi nodavlat-notijorat tashkilotida ishlab kelayotgan faollar ishtirok etdilar. 

Ishonchli vakil yig‘ilganlarga nomzodning tarjimai holi va saylovoldi dasturidan o‘rin olgan beshta strategik maqsad haqida ma’lumot berdi.  

Ta’kidlanganidek, kelgusi yetti yilda Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi islohotlar yanada jadal davom ettiriladi. 

Ishonchli vakil dasturdagi har bir maqsad va g‘oya “Inson – jamiyat – davlat” tamoyili asosida xalqimizning barcha toifasiga munosib turmush sharoitini yaratib berish asnosida ularni hayotdan rozi qilishga qaratilganligini, belgilangan maqsadlarning ro‘yobi sifatida 2030 yilga borib aholining turmush darajasi ikki baravarga yuksalishini qayd etdi. 

Uchrashuvda o‘tgan olti yil davomida Toshkent shahrida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari e’tirof etildi. 

– Mirobod tumanidagi mavjud ichki yo’llar ta’minlanib, shahar infratuzilmasini yanada rivojlantirish maqsadida zamonaviy yo’l o’tkazgichlar qurildi, – deydi R.Kalonov – Mirobod tuman aholisining toza ichimlik suvi bilan bog‘liq muammolari to‘liq bartaraf etildi. Tumanda investitsiya loyihalarini o‘zlashtirish ham yildan-yilga oshib, joriy yil yakuni bilan dasturdagi va dasturdan tashqari aniqlangan 45 ta investitsiya loyihalari foydalanishga topshirilgan bo‘lib, jami 1 809 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Ishga tushgan korxonalarning aksariyati 37 tasi xizmat ko‘rsatish, 5 tasi sanoat va 3 tasi turar joy yo‘nalishlariga to‘g‘ri keladi. Misol uchun "SRG Investment" MChJ tomonidan “Zamonaviy turar joy va xizmat ko‘rsatish” loyihasi doirasida 25,0 mln. AQSh dollarlik investitsiya o‘zlashtirilishi hisobiga ishga tushirildi.

– Men Shavkat Mirziyoevning saylovoldi dasturini o‘qib chiqdim, – deydi Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashi deputati Bobur Mansurov – Bugungi uchrashuvda ishonchli vakil dasturdagi maqsadlarni yanada chuqurroq tushuntirib berdi. Aynan Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan tadbirkorlarga keng imkoniyatlar eshigi ochildi.
 

Saylovoldi dasturda xususiy sektorni rivojlantirish, ta’lim-tarbiya, tibbiyot sohasini yanada rivojlantirish va yuqori bosqichga olib chiqish uchun muhim vazifalarning belgilangani kelgusida ulkan ishlar amalga oshirilishini, tizimda mehnat qilayotgan xodimlar uchun katta imkoniyatlar yaratilishini kafolatlaydi.  

Uchrashuvda so‘zga chiqqanlar dastur maqsadlarini qo‘llab-quvvatlagan holda o‘z sohalarida olib borilayotgan islohotlar va ular bardavom bo‘lishi uchun barchani Prezidentlikka nomzod Sh.Mirziyoevga ovoz berishga chaqirdi. 

Slide 1 of 5