Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashining 26-sessiyasi 2026-yil 21-iyul kuni soat 11:00 da bo‘lib o‘tadi
янв.21
Сессия олдидан муҳим ўрганиш: “Салор” маҳалласида ПҚ-1 ижроси ўрганилди
янв.21
Депутат ахбороти олдидан "Баёт" МФЙ фаолияти ўрганилди!
янв.21
«Билимдон» маҳалласида навбатдаги сайёр қабул бўлиб ўтди
янв.21
Сессия олдидан муҳим ўрганиш: “Фаровон” маҳалласи хавфсиз ҳудудга айлантирилмоқда!
янв.21
«Фаровон» маҳалласида навбатдаги ўрганишлар ўтказилди
янв.21
Маҳалла инфратузилмаси ва аҳоли мурожаатлари депутат эътиборида
янв.21
Мирободда депутат ахбороти: 2026 йил иккинчи чорак бўйича депутатлик фаолияти юзасидан ахборот бериди
янв.21
Маҳалла еттилиги билан ҳамкорлик: Муаммолар депутат назоратида ҳал этилади
янв.21
«Ат-Термизим» маҳалласида навбатдаги ўрганиш ўтказилди
Sadriddin Turabjonov 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

#deputat_axboroti #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Sadriddin Turabjonov 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining Yashnobod tumani 50-"Istiqlol" saylov okrugi deputati Sadriddin Turabjonov tomonidan "Do‘stobod" mahallasida saylovchilar bilan ochiq axborot uchrashuvi o‘tkazildi. Unda Yashnobod tumani hokimligi mas’ul xodimlari, mahalla faollari, "mahalla yettiligi" vakillari hamda fuqarolar ishtirok etdi.

📝 Uchrashuv davomida deputat 2026-yilning ikkinchi choragi mobaynida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan axborot berdi. Xususan, saylovchilar bilan muntazam ochiq muloqotlar olib borilgani, fuqarolar murojaatlari o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgani, zarur hollarda mas’ul idoralarga deputatlik so‘rovlari yuborilib, ularning ijrosi deputatlik nazoratiga olingani ta’kidlandi.

📁 Shuningdek, deputat ikkinchi chorak davomida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi sessiyalari hamda tegishli doimiy komissiyalar faoliyatida faol ishtirok etganini qayd etdi. Sessiyalarda hududlarni kompleks rivojlantirish, mahalliy budjet mablag‘laridan samarali foydalanish, kommunal infratuzilmani takomillashtirish, sog‘liqni saqlash, yoshlar bandligini ta’minlash, jinoyatchilik profilaktikasi hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan mas’ul rahbarlarning hisobot va axborotlari ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilingani ta’kidlandi.

🔎 Axborot davomida saylov okrugida amalga oshirilgan o‘rganishlar natijasida mahalladagi yoshlar bandligini ta’minlash, aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ichki ko‘chalar holati, tungi yoritish tizimi, yo‘l harakati xavfsizligi, park va xiyobonlarni obodonlashtirish hamda boshqa ijtimoiy infratuzilma obyektlari holati yuzasidan monitoringlar olib borilgani, aniqlangan muammolar bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilayotgani haqida ma’lumot berildi.

💬 Ochiq muloqot davomida fuqarolar tomonidan ko‘p qavatli uylar oldidagi ichki yo‘llarni asfaltlash, qurigan daraxtlarni tartibga keltirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, hududni yanada obodonlashtirish hamda boshqa kommunal va ijtimoiy masalalar yuzasidan taklif va murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat yuzasidan mas’ul tashkilotlar ishtirokida muhokamalar o‘tkazilib, ularni bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

✅ Yakunda deputat saylovchilar bilan ochiq va muntazam muloqotni davom ettirish, ko‘tarilgan masalalarni tegishli idoralar bilan hamkorlikda hal etish hamda ularning ijrosini doimiy deputatlik nazoratida olib borish ustuvor vazifa bo‘lib qolishini ta’kidladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 7