Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashining 26-sessiyasi 2026-yil 21-iyul kuni soat 11:00 da bo‘lib o‘tadi
янв.21
Сессия олдидан муҳим ўрганиш: “Салор” маҳалласида ПҚ-1 ижроси ўрганилди
янв.21
Депутат ахбороти олдидан "Баёт" МФЙ фаолияти ўрганилди!
янв.21
«Билимдон» маҳалласида навбатдаги сайёр қабул бўлиб ўтди
янв.21
Сессия олдидан муҳим ўрганиш: “Фаровон” маҳалласи хавфсиз ҳудудга айлантирилмоқда!
янв.21
«Фаровон» маҳалласида навбатдаги ўрганишлар ўтказилди
янв.21
Маҳалла инфратузилмаси ва аҳоли мурожаатлари депутат эътиборида
янв.21
Мирободда депутат ахбороти: 2026 йил иккинчи чорак бўйича депутатлик фаолияти юзасидан ахборот бериди
янв.21
Маҳалла еттилиги билан ҳамкорлик: Муаммолар депутат назоратида ҳал этилади
янв.21
«Ат-Термизим» маҳалласида навбатдаги ўрганиш ўтказилди
Deputat o‘z faoliyati yuzasidan saylovchilarga axborot berdi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 18-"Navro‘z" saylov okrugidan saylangan deputat R.Talipdjanov tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida 2026-yil 15-iyul kuni saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazilib, deputatlik faoliyati yuzasidan axborot taqdim etildi.

Tadbirda mahalla faollari, saylovchilar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etib, deputatning hisobotini tingladilar va o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirdilar.

Axborot davomida deputat tomonidan 2026-yilning o‘tgan davri mobaynida amalga oshirilgan ishlar, saylovchilar murojaatlari bilan ishlash, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni o‘rganish, deputatlik nazorati tadbirlari hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda erishilgan natijalar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, o‘tgan davr mobaynida erishilgan ijobiy natijalar, fuqarolar manfaatlarini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar hamda deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan hisobot taqdim etildi.

Uchrashuv davomida saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, hududda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan dolzarb vazifalar, infratuzilmani rivojlantirish, aholi turmush sharoitlarini yaxshilash va fuqarolar murojaatlarini samarali hal etish masalalari yuzasidan taklif va mulohazalar muhokama qilindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3