Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashining 26-sessiyasi 2026-yil 21-iyul kuni soat 11:00 da bo‘lib o‘tadi
янв.21
Сессия олдидан муҳим ўрганиш: “Салор” маҳалласида ПҚ-1 ижроси ўрганилди
янв.21
Депутат ахбороти олдидан "Баёт" МФЙ фаолияти ўрганилди!
янв.21
«Билимдон» маҳалласида навбатдаги сайёр қабул бўлиб ўтди
янв.21
Сессия олдидан муҳим ўрганиш: “Фаровон” маҳалласи хавфсиз ҳудудга айлантирилмоқда!
янв.21
«Фаровон» маҳалласида навбатдаги ўрганишлар ўтказилди
янв.21
Маҳалла инфратузилмаси ва аҳоли мурожаатлари депутат эътиборида
янв.21
Мирободда депутат ахбороти: 2026 йил иккинчи чорак бўйича депутатлик фаолияти юзасидан ахборот бериди
янв.21
Маҳалла еттилиги билан ҳамкорлик: Муаммолар депутат назоратида ҳал этилади
янв.21
«Ат-Термизим» маҳалласида навбатдаги ўрганиш ўтказилди
Deputat saylovchilar oldida axborot berdi

#Deputat_axboroti
#Saylovchilar_bilan_uchrashuv

Deputat saylovchilar oldida axborot berdi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashiga 24–Shreder saylov okrugidan saylangan deputat S.Abdishukurov o‘zi saylangan saylov okrugidagi "Bog‘bonlar yurti" mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazib, 2026-yilning ikkinchi choragi yakuni bo'yicha amalga oshirgan deputatlik faoliyati yuzasidan axborot berdi.

Uchrashuvda xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri K.Muhammadiyev, kotibiyat bosh mutaxassisi J.Donayev, tuman hokimligining ijro intizomi bo‘yicha mutaxassisi S.Choriyev hamda "Bog‘bonlar yurti" mahallasi raisi ishtirok etdi.
Jarayon davomida deputat S.Abdishukurovning 2026-yilning ikkinchi choragida saylov okrugida amalga oshirgan ishlari, fuqarolar murojaatlari asosida hal etilgan masalalar, yuborilgan deputatlik so‘rovlari natijalari hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida olib borilgan faoliyati to‘g‘risidagi axborot xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri K.Muhammadiyev tomonidan saylovchilarga o‘qib eshittirildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida deputat hamda mas’ul tashkilot vakillari tomonidan saylovchilarning murojaat, taklif va muammolari batafsil tinglandi. Fuqarolar tomonidan ichki yo‘llarni ta’mirlash, elektr energiyasi va ichimlik suvi ta’minoti, obodonlashtirish, bandlik, ijtimoiy himoya hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan taklif va murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat yuzasidan amaldagi qonunchilik asosida zarur tushuntirishlar berilib, joyida hal etish imkoniyati mavjud bo‘lgan masalalar bo‘yicha tegishli choralar belgilandi. Qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar esa nazoratga olinib, ularni mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Uchrashuv yakunida saylovchilar deputatning axborotini ma’qullab, hududdagi mavjud muammolarni bartaraf etish hamda aholi manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish yuzasidan o‘z taklif va tavsiyalarini bildirdilar.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 8