Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashining 26-sessiyasi 2026-yil 21-iyul kuni soat 11:00 da bo‘lib o‘tadi
янв.21
Сессия олдидан муҳим ўрганиш: “Салор” маҳалласида ПҚ-1 ижроси ўрганилди
янв.21
Депутат ахбороти олдидан "Баёт" МФЙ фаолияти ўрганилди!
янв.21
«Билимдон» маҳалласида навбатдаги сайёр қабул бўлиб ўтди
янв.21
Сессия олдидан муҳим ўрганиш: “Фаровон” маҳалласи хавфсиз ҳудудга айлантирилмоқда!
янв.21
«Фаровон» маҳалласида навбатдаги ўрганишлар ўтказилди
янв.21
Маҳалла инфратузилмаси ва аҳоли мурожаатлари депутат эътиборида
янв.21
Мирободда депутат ахбороти: 2026 йил иккинчи чорак бўйича депутатлик фаолияти юзасидан ахборот бериди
янв.21
Маҳалла еттилиги билан ҳамкорлик: Муаммолар депутат назоратида ҳал этилади
янв.21
«Ат-Термизим» маҳалласида навбатдаги ўрганиш ўтказилди
15-Naqqoshlik saylov okrugida ko‘p kvartirali uylarni boshqarish sohasidagi qonunchilik ijrosi o‘rganildi.

15-Naqqoshlik saylov okrugi deputati Nazirov Madaminjon Ma’rufjon o‘g‘li tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ–581) talablarining hududda ijro etilishi holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida boshqaruv kompaniyalari faoliyatining samaradorligi, ko‘p qavatli uylarning ichki yo‘laklari holati, shuningdek, umumiy mol-mulkni saqlash va undan foydalanish bo‘yicha belgilangan talablarning bajarilishi yuzasidan monitoring olib borildi.

Qonunga muvofiq, umumiy mol-mulkni saqlash uning lozim darajadagi texnik va sanitariya holatini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, mazkur faoliyat umumiy mol-mulkning texnik hamda sanitariya holatini saqlab turish, unga xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash, shuningdek, ushbu mol-mulkni asrash va undan foydalanish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan boshqa tadbirlarni ham o‘z ichiga oladi.

Shuningdek, ko‘p kvartirali uyni boshqarish organi amaldagi majburiy normalarga muvofiq, umumiy mol-mulkni saqlash bo‘yicha bajarilmasligi ko‘p kvartirali uyga, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga, shaxslarning mol-mulkiga hamda atrof-muhitga bevosita xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan majburiy tadbirlar va ishlarni amalga oshirishi shartligi alohida ta’kidlandi.

Mazkur majburiy normalar yong‘in xavfsizligi, sanitariya, shaharsozlik normalari hamda ko‘p kvartirali uylarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq tadbirlarni o‘z ichiga oladi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar yuzasidan qonunchilik talablarining to‘liq va sifatli ijrosini ta’minlash, boshqaruv kompaniyalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish hamda ko‘p kvartirali uylarning umumiy mol-mulkini belgilangan tartibda saqlash bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 3