35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashining 26-sessiyasi 2026-yil 21-iyul kuni soat 11:00 da bo‘lib o‘tadi
янв.21
Сессия олдидан муҳим ўрганиш: “Салор” маҳалласида ПҚ-1 ижроси ўрганилди
янв.21
Депутат ахбороти олдидан "Баёт" МФЙ фаолияти ўрганилди!
янв.21
«Билимдон» маҳалласида навбатдаги сайёр қабул бўлиб ўтди
янв.21
Сессия олдидан муҳим ўрганиш: “Фаровон” маҳалласи хавфсиз ҳудудга айлантирилмоқда!
янв.21
«Фаровон» маҳалласида навбатдаги ўрганишлар ўтказилди
янв.21
Маҳалла инфратузилмаси ва аҳоли мурожаатлари депутат эътиборида
янв.21
Мирободда депутат ахбороти: 2026 йил иккинчи чорак бўйича депутатлик фаолияти юзасидан ахборот бериди
янв.21
Маҳалла еттилиги билан ҳамкорлик: Муаммолар депутат назоратида ҳал этилади
янв.21
«Ат-Термизим» маҳалласида навбатдаги ўрганиш ўтказилди
Mahalladagi mikroloyiha faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Yu.To‘ychiyev tomonidan 1-"Temiryo‘lchi" saylov okrugi hududidagi "Chorchinor" mahallasi Chorchinor ko‘chasi 40-uy manzilida faoliyat yuritayotgan mikroloyiha faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalla hokim yordamchisi va mas’ullar ishtirokida loyihaning bugungi faoliyati, ishlab chiqarish quvvati hamda aholi bandligini ta’minlash borasida erishilgan natijalar muhokama qilindi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur mikroloyiha "Fabio-AS" MCHJ shaklida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan bo‘lib, faoliyatini 40 million so‘m imtiyozli kredit mablag‘lari hisobiga yo‘lga qo‘ygan.

Bugungi kunda korxonada 30 nafar mahalla xotin-qizi doimiy ish o‘rni bilan ta’minlangan bo‘lib, ularning bandligini ta’minlash va oilaviy daromadlarini oshirishga munosib hissa qo‘shib kelinmoqda.

O‘rganish jarayonida ishlab chiqarish hajmini kengaytirish, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish hamda korxonaning faoliyatini rivojlantirish zarurati mavjudligi qayd etildi.

Shu munosabat bilan deputat Yu.To‘ychiyev tomonidan mahalla hokim yordamchisi orqali korxonaga 100 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratish bo‘yicha tegishli taklif ilgari surildi.

Mazkur taklifni amalga oshirish yuzasidan zarur hujjatlarni tayyorlash va kredit ajratish masalasini belgilangan tartibda ko‘rib chiqish mahalla hokim yordamchisi tomonidan nazoratga olinishi, deputat esa ushbu masalaning ijrosi ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirishi yuzasidan kelishuvga erishildi.

O‘rganish davomida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi mudiri A.Nosirov va Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Adhamovlar ishtirok etib, o‘rganish ishlarini tashkil etishda ko‘maklashdilar.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 8