35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashining 26-sessiyasi 2026-yil 21-iyul kuni soat 11:00 da bo‘lib o‘tadi
янв.21
Сессия олдидан муҳим ўрганиш: “Салор” маҳалласида ПҚ-1 ижроси ўрганилди
янв.21
Депутат ахбороти олдидан "Баёт" МФЙ фаолияти ўрганилди!
янв.21
«Билимдон» маҳалласида навбатдаги сайёр қабул бўлиб ўтди
янв.21
Сессия олдидан муҳим ўрганиш: “Фаровон” маҳалласи хавфсиз ҳудудга айлантирилмоқда!
янв.21
«Фаровон» маҳалласида навбатдаги ўрганишлар ўтказилди
янв.21
Маҳалла инфратузилмаси ва аҳоли мурожаатлари депутат эътиборида
янв.21
Мирободда депутат ахбороти: 2026 йил иккинчи чорак бўйича депутатлик фаолияти юзасидан ахборот бериди
янв.21
Маҳалла еттилиги билан ҳамкорлик: Муаммолар депутат назоратида ҳал этилади
янв.21
«Ат-Термизим» маҳалласида навбатдаги ўрганиш ўтказилди
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 4-Yo‘rmado‘z saylov okrugida deputatlik o‘rni vakant bo‘lganligi munosabati bilan hududdagi mavjud muammolarni o‘rganish hamda amaldagi qonunchilik ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini ta’minlash maqsadida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ermatov boshchiligida kotibiyat bosh mutaxassisi Z.Yakubova, “Madad” nodavlat notijorat huquqiy maslahat byurosi Marg‘ilon shahar bosh mutaxassisi S.Ismoilov, Yo‘rmado‘z mahalla fuqarolar yig‘ini raisi hamda hokim yordamchisi V.Zokirov ishtirok etdi.

Hududni o‘rganish davomida mahalla ichki ko‘chalarining holati, tungi yoritish tizimining ahvoli, avtomobil yo‘llarida yuzaga kelayotgan tirbandliklar, shuningdek, fuqarolar uchun qulay va xavfsiz infratuzilmani yaratish bilan bog‘liq masalalar joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 30-avgustdagi “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi 269-II-son Qonuni ijrosi yuzasidan Yo‘rmado‘z mahallasida joylashgan Shoxmansur ziyoratgohidagi madaniy meros obyekti ham atroflicha o‘rganildi. Obyektning saqlanish holati, undan foydalanish madaniyati hamda qonunchilik talablariga rioya etilishi yuzasidan tegishli tahlillar amalga oshirildi.

O‘rganish davomida aniqlangan holatlar yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli choralarni belgilash, mavjud muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish hamda madaniy meros obyektlarini asrab-avaylash bo‘yicha zarur tavsiya va takliflar ishlab chiqilishi ta’kidlandi.O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ermatov boshchiligida kotibiyat bosh mutaxassisi Z.Yakubova, “Madad” nodavlat notijorat huquqiy maslahat byurosi Marg‘ilon shahar bosh mutaxassisi S.Ismoilov, Yo‘rmado‘z mahalla fuqarolar yig‘ini raisi hamda hokim yordamchisi V.Zokirov ishtirok etdi.

Hududni o‘rganish davomida mahalla ichki ko‘chalarining holati, tungi yoritish tizimining ahvoli, avtomobil yo‘llarida yuzaga kelayotgan tirbandliklar, shuningdek, fuqarolar uchun qulay va xavfsiz infratuzilmani yaratish bilan bog‘liq masalalar joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 30-avgustdagi “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi 269-II-son Qonuni ijrosi yuzasidan Yo‘rmado‘z mahallasida joylashgan Shoxmansur ziyoratgohidagi madaniy meros obyekti ham atroflicha o‘rganildi. Obyektning saqlanish holati, undan foydalanish madaniyati hamda qonunchilik talablariga rioya etilishi yuzasidan tegishli tahlillar amalga oshirildi.

O‘rganish davomida aniqlangan holatlar yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli choralarni belgilash, mavjud muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish hamda madaniy meros obyektlarini asrab-avaylash bo‘yicha zarur tavsiya va takliflar ishlab chiqilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 2