35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashining 26-sessiyasi 2026-yil 21-iyul kuni soat 11:00 da bo‘lib o‘tadi
янв.21
Сессия олдидан муҳим ўрганиш: “Салор” маҳалласида ПҚ-1 ижроси ўрганилди
янв.21
Депутат ахбороти олдидан "Баёт" МФЙ фаолияти ўрганилди!
янв.21
«Билимдон» маҳалласида навбатдаги сайёр қабул бўлиб ўтди
янв.21
Сессия олдидан муҳим ўрганиш: “Фаровон” маҳалласи хавфсиз ҳудудга айлантирилмоқда!
янв.21
«Фаровон» маҳалласида навбатдаги ўрганишлар ўтказилди
янв.21
Маҳалла инфратузилмаси ва аҳоли мурожаатлари депутат эътиборида
янв.21
Мирободда депутат ахбороти: 2026 йил иккинчи чорак бўйича депутатлик фаолияти юзасидан ахборот бериди
янв.21
Маҳалла еттилиги билан ҳамкорлик: Муаммолар депутат назоратида ҳал этилади
янв.21
«Ат-Термизим» маҳалласида навбатдаги ўрганиш ўтказилди
Xalq deputatlari tuman Kengashi faoliyatini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi

 Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov boshchiligida Kengash kotibiyati xodimlari ishtirokida Kengash faoliyatini yanada samarali tashkil etish, deputatlik faoliyatini takomillashtirish hamda belgilangan vazifalar ijrosini sifatli ta'minlash
masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilish davomida Kengash faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari, doimiy komissiyalar
ishini samarali tashkil etish, deputatlik nazoratini kuchaytirish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish hamda Kengash sessiyalariga tayyorgarlik ko‘rish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek,
kotibiyat xodimlari tomonidan amalga oshirilayotgan tashkiliy va huquqiy ishlar tahlil qilinib, hujjatlar ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirish, ijro intizomiga qat'iy rioya etish hamda belgilangan topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi. Yig‘ilishda hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi muammolarini o‘rganish va ularni bartaraf etishda deputatlarning faolligini oshirish, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda tegishli tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikni yanada
mustahkamlash muhim vazifalardan biri ekani alohida ta'kidlandi. Tadbir yakunida Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi
tomonidan kotibiyat xodimlariga kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab berilib, Kengash faoliyati samaradorligini oshirish, deputatlik nazoratini kuchaytirish hamda aholining manfaatlarini ta'minlashga qaratilgan ishlarni tizimli ravishda davom ettirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
 

Slide 1 of 3