35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashining 26-sessiyasi 2026-yil 21-iyul kuni soat 11:00 da bo‘lib o‘tadi
янв.21
Сессия олдидан муҳим ўрганиш: “Салор” маҳалласида ПҚ-1 ижроси ўрганилди
янв.21
Депутат ахбороти олдидан "Баёт" МФЙ фаолияти ўрганилди!
янв.21
«Билимдон» маҳалласида навбатдаги сайёр қабул бўлиб ўтди
янв.21
Сессия олдидан муҳим ўрганиш: “Фаровон” маҳалласи хавфсиз ҳудудга айлантирилмоқда!
янв.21
«Фаровон» маҳалласида навбатдаги ўрганишлар ўтказилди
янв.21
Маҳалла инфратузилмаси ва аҳоли мурожаатлари депутат эътиборида
янв.21
Мирободда депутат ахбороти: 2026 йил иккинчи чорак бўйича депутатлик фаолияти юзасидан ахборот бериди
янв.21
Маҳалла еттилиги билан ҳамкорлик: Муаммолар депутат назоратида ҳал этилади
янв.21
«Ат-Термизим» маҳалласида навбатдаги ўрганиш ўтказилди
Mingtut MFYda hududiy muammolar o‘rganildi.

 O‘rganish davomida mahallaning ijtimoiy infratuzilmasi, ichki yo‘llar holati, obodonlashtirish ishlari, kommunal xizmatlar sifati, sanitariya-tozalik hamda aholiga yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, mahalla faollari va fuqarolar bilan bevosita muloqot o‘tkazilib, hududni rivojlantirishga oid takliflar hamda aholini qiynayotgan muammolar tinglandi.

Bildirilgan murojaatlar yuzasidan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, zarur hollarda deputatlik so‘rovlari yuborish hamda ularning ijrosini deputatlik nazoratiga olish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.

Deputat tomonidan mahallada olib borilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarini izchil davom ettirish, fuqarolar uchun yanada qulay yashash muhitini yaratish hamda mavjud muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish yuzasidan mas'ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Hududlarni kompleks rivojlantirish, fuqarolar murojaatlariga o‘z vaqtida yechim topish va mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Slide 1 of 3