35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashining 26-sessiyasi 2026-yil 21-iyul kuni soat 11:00 da bo‘lib o‘tadi
янв.21
Сессия олдидан муҳим ўрганиш: “Салор” маҳалласида ПҚ-1 ижроси ўрганилди
янв.21
Депутат ахбороти олдидан "Баёт" МФЙ фаолияти ўрганилди!
янв.21
«Билимдон» маҳалласида навбатдаги сайёр қабул бўлиб ўтди
янв.21
Сессия олдидан муҳим ўрганиш: “Фаровон” маҳалласи хавфсиз ҳудудга айлантирилмоқда!
янв.21
«Фаровон» маҳалласида навбатдаги ўрганишлар ўтказилди
янв.21
Маҳалла инфратузилмаси ва аҳоли мурожаатлари депутат эътиборида
янв.21
Мирободда депутат ахбороти: 2026 йил иккинчи чорак бўйича депутатлик фаолияти юзасидан ахборот бериди
янв.21
Маҳалла еттилиги билан ҳамкорлик: Муаммолар депутат назоратида ҳал этилади
янв.21
«Ат-Термизим» маҳалласида навбатдаги ўрганиш ўтказилди
Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining III chaqiriq o'ttiz birinchi sessiyasiga bag‘ishlangan doimiy komissiya yig‘ilishi - dolzarb masalalar muhokama markazida

#doimiy_komissiya

Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining III chaqiriq o'ttiz birinchi sessiyasiga bag‘ishlangan doimiy komissiya yig‘ilishi - dolzarb masalalar muhokama markazida

🇺🇿 Bugun xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

↗️ Uchtepa tumanida alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun maktablarda inklyuziv taʼlim va boshlangʻich tayanch korreksion sinflar faoliyatini yoʻlga qoʻyish hamda oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish maqsadida Uchtepa tumani hokimligi huzuridagi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘larini xarajatlarga yo‘naltirish yuzasidan berilgan taklif ham atroflicha muhoma etilib, tegishli ishlarni amalga oshirish zarurligi qayd etildi.

📁 Yig‘ilish yakunida ko‘rib chiqilgan barcha masala yuzasidan asosli xulosalar qilinib, ularni xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish bo‘yicha bir ovozdan tavsiyalar berildi.

💼 Mazkur yig‘ilish deputatlarning hudud taraqqiyotiga daxldorligini, ularning mas’uliyatli va tashabbuskor yondashuvini, eng muhimi, qabul qilinayotgan qarorlar aholi manfaatlarini ta’minlash, hududni barqaror rivojlantirish va ochiqlik tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Slide 1 of 4